Özbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda işlab kelgan Hikmatulla Yusupov işi böyiça ayrim MXX xodimlariga nisbatan jinoiy iş qözğatilgan. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi Hikmatulla qoriga 13 yil qamoq jazosi tayinlanişi ortida ayrim MXX xodimining noqonuniy ta'siri borligini tekşirmoqda. Şuningdek, ayrim MXX xodimlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Eslatib ötamiz, bundan avval imomga nisbatan çiqarilgan ikkita huquqbuzarlik holatlari böyiça sud hukmlari asossiz bölib çiqqani haqida xabar berilgandi. Unda aytilişiça, soxta guvoh va dalillar bilan Hikmatulla Yusupovga jazo tayinlangan.

Mavzuga oid: Imomning rafiqasi: «Erim MXX xodimiga tanbeh bergani uçun 13 yilga qamaldi»

Kun.uz uşbu tergovni kuzatib boradi.