Bugun, 23 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat taşrifi bilan yurtimizga kelmoqda. 

Ayni vaqtda poytaxtdagi ta'lim muassasalaridan minglab öquvçilar va talabalar köçalarda yuqori martabali mehmonni kutib oliş uçun çiqişgan. Şu munosabat bilan şahardagi ayrim maktablar, kollejlar va oliy ta'lim muassasalarida darslar bekor qilingan.

Oliy darajadagi uçraşuvlar va muzokaralarda köp qirrali Özbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinişi rejalaştirilgan. 

Taşrif dasturida davlat rahbarlarining Toşkent şahridagi Aşxobod boğining oçiliş marosimida iştirok etişi közda tutilgan. Uşbu maskan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz örtasidagi döstlik va yaqin qöşniçilik munosabatlarining yorqin ramzlaridan biriga aylanişi kutilmoqda. Şuningdek, çegaradoş Xorazm viloyatiga taşrif ham rejalaştirilgan.