18.04.2018 yildagi ÖRQ–476-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeks (JPK) va Jinoyat kodeksiga (JK) ana şunday özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Ma'lumot uçun: Uy qamoği va garov ehtiyot çoralaridan biri, ya'ni ayblanuvçi yangi jinoyatlar sodir etmasligi hamda suriştiruv, tergov va suddan yaşirinmasligi uçun unga nisbatan qöllaniladigan majburlov turlari hisoblanadi.

Bunda ayblanuvçidan farqli ravişda gumon qilinuvçiga nisbatan ehtiyot çoralarini qöllaşga, umumiy qoidaga köra, ruxsat berilmaydi. Sababi – gumon qilinuvçining aybdorligi xususida suriştiruv va tergovda hali yetarliça dalil bölmaydi.   

Şu bilan birga, JPKning 226-moddasiga muvofiq, alohida hollarda gumon qilinuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi çorani qöllaşga ruxsat berilgan. Odatda quyidagi hollarda şunday yöl tutiladi:

• 3 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan jinoyat sodir etganlikda yoxud 5 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo nazarda tutilgan ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlikda gumon qilinganda;
• uşlangan gumon qilinuvçining şaxsi aniqlanmagan yoxud uning mamlakatimizda doimiy yaşaydigan joyi yöq bölsa, unça jiddiy bölmagan jinoyatlar sodir etişda gumon qilinganda.
 
Qabul qilingan hujjat gumon qilinuvçiga nisbatan yengilroq ehtiyot çoralari – uy qamoği va garovni qöllaş imkonini berdi (xuddi öşa alohida hollarda). Ularni tartibga soluvçi normalarning özi ham takomillaştirildi.  
 
Uy qamoği 

JPKning 242-1-moddasiga muvofiq uy qamoği – taqiqlar (çeklovlar) yuklatilgan va uning ustidan nazorat amalga oşirilgan holda turar joyda (qonuniy asoslarda yaşab turgan joyi bölişi kerak) jamiyatdan töliq yoxud qisman ajratib qöyiliş. Uy qamoğini qöllaş uçun qamoqqa oliş uçun bölganidek asoslar zarur (JPKning 242-moddasiga qarang). Bunda uy qamoği unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanlaş uçun asoslar mavjud bölganida uning yoşini, soğliği holatini, oilaviy ahvolini va boşqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa oliş maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qöllaniladi.