Fransiya harbiy-dengiz kuçlari ştabi rahbari admiral Kristof Prazyukning ma'lum qilişiça, sönggi sakkiz oyda Rossiya samolyotlari Fransiya harbiy kemalariga sakkiz marta yaqinlaşdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sönggi sakkiz oy davomida şunday turdagi harakat sakkiz marta amalga oşirildi», - deya aytib ötdi Prazyuk.
Uning sözlariga köra, gap Suriya qirğoqlari yaqinida töxtab turgan Fransiya fregati haqida ketmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian Suriya AQŞ, Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning zarbalaridan söng kimyoviy qurolni işlab çiqara olmaydigan holatga kelgani haqida ma'lum qilgandi.

















