Amerikalik senatorlar Şeldon Uaytxaus va Jinn Şaxin jahondagi eng yirik banklardan rossiyalik oligarxlar bilan aloqalari töğrisidagi ma'lumotni oçiqlaşni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, senatorlarning tegişli xati AQŞdagi uçta bank: Bank of America Corp, JPMorgan Chase va Citibank’ga, şuningdek Yevropadagi Barclays, Deutsche Bank, UBS, HSBC hamda Credit Suisse’ga yuborilgan.
«Rossiyadagi köplab oligarxlar ularning boyligi va öz davlatiga bölgan munosabati e'tiborga olinsa, siyosiy ta'sirga ega, yoki bunga qodirdir», - deyiladi senatorlarning maktubida.
Aniqlik kiritilişiça, banklar beş yil davomida «Kreml röyxatidan» bölgan istalgan şaxsning nazoratidagi hisoblar borligini tekşiruvdan ötkazgani böyiça xabar berişi lozim.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada oligarxlar yöqligi haqida ma'lum qilgandi.

















