Armanistondagi muxolif harakat yetakchisi Nikol Pashinyan mamlakat prezidenti Armen Sarkisyan bilan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilgani haqida aytib o‘tdi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozgan.
«Kecha kechqurun Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bilan uchrashuv o‘tkazdim. Mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatni va hozirgi muammolarni hal qilish yo‘llarini muhokama etdik», - deya ma'lum qildi Pashinyan.
Ta'kidlanishicha, Sarkisyan muxolifat yetakchisi bilan uchrashuvga hujjat olib kelgan, u prezident 2011 yildan beri Britaniya fuqarosi emasligini isbotlaydi. Bu esa mamlakat prezidenti lavozimida ishlashga to‘sqinlik qilishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda yangi bosh vazir qachon saylanishi ma'lum bo‘lgandi.















