AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Isroil tomonidan Eronda yadro quroli bor ekaniga oid dalillar sifatida taqdim etilgan hujjatlarni örganib çiqdi va ulardagi ma'lumotlar haqiqatga mos kelişini tasdiqladi. Bu haqda Davlat departamentining tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

«Men Eron böyiça köplab hujjatlarni şaxsan örganib çiqdim. Yadro qurolini tarqatmaslik böyiça mutaxassislarimiz va razvedka vakillari ön minglab sahifalarni örganib çiqişdi hamda ularni fors tilidan tarjima qilişdi. Bizning fikrça, olingan hujjatlar haqiqiydir», - deya Pompeoning sözlari keltirilgan tvitterdagi sahifada.

Şuningdek, Reuters’ning aniqlik kiritişiça, Pompeoning sözlariga köra, AQŞ Eronda yadroviy materiallar borligi haqida «bir qança vaqtdan beri biladi». Bundan taşqari, uning bildirişiça, AQŞda Eron yadro kelişuvi ustida işlaş davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniya Isroilning Erondagi maxfiy yadro dasturi böyiça fikriga qöşilmagani xabar qilingandi.