Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantiriş markazini taşkil etiş töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qaror bilan taşkil etilgan Nanotexnologiyalarni rivojlantiriş markazi, şu jumladan nanotizimlar, nanomateriallar va nanotexnologiyalar sohasida innovatsion loyihalarni amalga oşiriş, nanotexnologiyalarni rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş va amalga oşirişda qatnaşiş bilan şuğullanadi.
Markaz xodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegişli lavozimlari uçun nazarda tutilgan mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlari tatbiq etiladi.

















