O‘zbekiston | 17:10 / 01.05.2018
8229
2 daqiqa o‘qiladi

Pasportlarni almashtiruvchi ID-kartalar ishlab chiqarishga Gemalto kompaniyasi jalb etilishi mumkin

Foto: KUN.UZ

 
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida Gemalto xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib otdi. Bu kompaniya raqamli xavfsizlik texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘lib, banklar, davlat loyihalari, transport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli yechimlar yaratadi, deb xabar qilmoqda «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi axborot xizmati.

Markaz rahbariyati mehmonlarga respublikada AKT va «Elektron hukumat» tizimining rivojlanishi haqida, xususan, milliy ID-kartalarni takomillashtirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar borasida qisqacha ma'lumot berib o‘tdi.

Gemalto vakillari elektron shakldagi shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar bo‘yicha loyiha taqdim etishdi. Fernando Dal Zotto ochiq investitsiya siyosati tufayli bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro kompaniyalar uchun, ayniqsa, innovatsiya va AKT sohasida eng o‘ziga jalb etuvchi davlatlardan biri ekanini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qaror qilishdi hamda innovatsion texnologiyalar va smart-kartalar ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashish mumkin bo‘lgan barcha loyihalar ro‘yxatini tuzishga kelishishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 noyabrga qadar Toshkentda pasportlar o‘rniga ID-kartalar sinov rejimida joriy etilishi xabar qilingandi.

Mavzuga oid