Armanistondagi namoyişlar yetakçisi Nikol Paşinyanning tarafdorlari Yerevan aeroportiga yöllarni tösib qöyişni boşlaşdi. Bundan namoyişlar ötkazilayotgan joydan uzatilayotgan töğridan-töğri efirdagi kadrlar dalolat bermoqda.
Töğridan-töğri translyatsiyaga köra, namoyişçilar yöllarni har ikki tomondan tösmoqda. Xodimlar namoyişçilardan yölni tark etişni söraşyapti.


Armaniston Mudofaa vazirligi Yerevan va viloyatlar aholisini harbiy transport harakatlanişiga xalaqit bermaslikka çaqirdi. Bu haqda idora matbuot kotibi Artsrun Ovannisyanning xabarida aytiladi.

Idora bayonotida bildirilişiça, mamlakat xavfsizligini ta'minlaş lozimligidan kelib çiqqan holda, Armaniston Mudofaa vazirligi va Qurolli kuçlari keçayu kunduzlik rejimda qöyilgan vazifalarni tölaqonli bajarişda davom etmoqda. Şuning uçun butun respublika hududi böylab harbiy avtomobillar va kolonnalarning harakatlanişiga xalaqit bermaslik söralgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, ayni damda aeroportga yöl tösib qöyilgan. Yerevandagi yöl harakati butunlay falaj ahvolda – köçalar, metro, temir yöli tösib qöyildi. Köplab kiçik tumanlar va köçalar ham yopib qöyildi. Gyumridagi köçalar, Armaniston Ta'lim va madaniyat vazirligi binosi tösib qöyildi.
Yerevandagi «Zvartnots» aeroporti xodimlari ham norozilik aksiyalariga qöşilgani aytilyapti.











