10:18 / 03.05.2018
6229

Facebook juda maqtanchoqlik qilib yuborgan xodimini ishdan bo‘shatdi

Foto: AP Photo/Jeff Chiu,

Facebook foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotiga kira olishi bilan maqtangan o‘z xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The Wall Street Journal vaziyatdan xabardor manbaga asosan ma'lum qilgan.

Spyglass Security kompaniyasi asoschisi va ma'lumotlar xavfsizligi sohasidagi maslahatchi Jyeki Stouks Tinder ilovasidagi yozishma skrinshotini e'lon qildi, unga buni boshqa bir qiz yuborgan.

Ushbu yozishmada o‘zini Facebook xodimi sifatida tanishtirgan erkak ishi bilan maqtana boshlagan. Xususan, u «hakerlarni qidirib topishi va ularning shaxsini aniqlashi»ni aytgan.

Shuningdek, ayolning aytishicha, erkak o‘zini «professional stalker» deb atagan hamda u haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni taqdim etgan.

O‘z navbatida, Facebook ushbu hodisani tezkor tartibda surishtiruvdan o‘tkazayotganini xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq WhatsApp hamasoschisi Facebook bilan ziddiyat tufayli kompaniyani tark etgandi.

Mavzuga oid
Top