Rossiya Kommunikatsiyalar va aloqa vazirligi rahbari Nikolay Nikiforov FXX Viber messenjeriga nisbatan xuddi Telegram’ga bölgani kabi harakat qilişi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bu Federal xavfsizlik xizmatiga berilişi lozim bölgan savol, sababi şifrlaş kalitlarini taqdim etiş böyiça körsatmasi ijrosi böyiça tegişli masalalarda faqat FXX vakolatli. Agarda şifrlaş kalitlarini taqdim etiş bilan boğliq muammolar yuz bersa, ular ham sudga murojaat bilan çiqişi va xuddi şunday sud qarorini olişi mumkin», - deya aytib ötdi Nikiforov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedevning matbuot kotibi Telegram’ga qanday qilib kirişni deputatga tuşuntirgandi.

















