Muxolifatçi Aleksey Navalniy Moskva markazida ma'muriyat bilan muvofiqlaştirilmagan holda norozilik aksiyasi ötkazilgani uçun politsiya tomonidan qölga olindi. Bu haqda rus OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytiladi.

Moskvadagi Puşkin maydonida soat 14:00da muvofiqlaştirilmagan aksiya boşlangan. Navalniy ham unga yetib keldi, biroq oradan unça köp vaqt ötmay politsiya xodimlari tomonidan qölga olindi.
Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari karnaylar orqali yiğilganlarni harakatlari noqonuniy ekani bilan ogohlantirişmoqda va tarqalişga çaqirişmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib politsiya bir neça önlab kişilarni qölga oldi, ular orasida «Milliy ozod etiş harakati» tarafdorlari ham bor. Qayd etilişiça, Tver köçasidagi harakat tösib qöyilgan, maydon yonida avtozaklar turibdi.
Ta'kidlab ötiş joizki, «U bizga şoh emas» şiori ostidagi norozilik namoyişlari Rossiyaning köplab şaharlarida ötkazilmoqda. Jumladan, Yekaterinburg, Samara, Krasnoyarsk, Yakutsk, Novosibirskda bir neça minglab insonlar aksiyada qatnaşmoqda.























