Armaniston muxolifati yetakçisi, mamlakat boş vaziri lavozimi uçun nomzod Nikol Paşinyanning ma'lum qilişiça, «aksilinqilob» tahdidi bor. U öz tarafdorlarini ogohlikka çaqirgan, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Aksilinqilob huşyor turibdi, har bir soniya tayyor turiş lozim. Biz korrupsiyalaşgan tizim osonlik bilan taslim bölişiga işonmasligimiz darkor. Aksilinqilobiy jarayonlarga muxolif kuçlar jalb etilişi mumkinligini istisno etmayapman. Biz ogoh bölişimiz va tezkor harakatlarga tayyor turişimiz lozim», - deya ma'lum qildi Paşinyan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armanistonda boş vazir saylovlarining ikkinçi turi qaçon ötişi aytilgandi. Qayd etilişiça, Armanistonda boş vazir saylovlarining ikkinçi turi parlamentning 8 may kuni taşkil etiladigan maxsus yiğilişida bölib ötadi.