Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Rossiya samolyotining urib tushirilishiga bir baxya qolgandi" - Isroil sobiq mudofaa vaziri
Isroillik harbiylar va Suriyadagi ularning rossiyalik hamkasblari o‘rtasida uch yildan beri amal qilayotgan «qaynoq liniya» o‘z ishining dastlabki oylaridayoq Rossiya samolyoti bilan bog‘liq jiddiy hodisaning oldini olishda yordam bergan. Bu haqda RIA «Novosti» Isroil sobiq mudofaa vaziri Moshe Yaalonning bayonotiga asosan xabar qilmoqda.
«U («qaynoq liniya») hayotlarni qutqarmoqda, chunki o‘zaro tushunmovchilikdan qochishga imkon beryapti. Rossiya ishtirokining eng avvalida rossiyalik bir uchuvchi Golan balandliklaridagi bizning chegaramizni kesib o‘tishiga bir baxya qolgandi. Agarda bu Suriya samolyoti bo‘lganida, uni urib tushirardik. Biroq, biz bu ruslar ekanini tushundik va «Xmeymim»dagi Rossiya aviabazasi bilan aloqa uchun «qaynoq liniya»dan foydalandik: «Sizning samolyotingiz bizning havo hududimizga kirishga juda yaqin keldi. Ehtiyot bo‘ling!», - deya yodga olgan Yaalon.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «masala zudlik bilan o‘z yechimini topgan».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilda endi bosh vazir va mudofaa vaziri urush e'lon qilish vakolatiga ega ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026