Xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlar orasida Özbekistondagi eng maşhur turistik yönaliş hanuz tarixiy-ma'rifiy turizmligiça qolmoqda. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov VisitUzbekistan jurnaliga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.

"Bugunga kelib dunyo miqyosida Özbekistondagi turistik yönalişlarga qiziqişlarning oşib borayotgani kuzatilmoqda. Mazkur vaziyat birinçi navbatda Prezident Şavkat Mirziyoyev va hukumat tomonidan yuritilayotgan oçiq davlat siyosati bilan boğliq. Ötgan yili Özbekistonga uzoq xorijiy mamlakatlardan taşrif buyurgan sayyohlar soni taxminan 200 ming kişini taşkil qildi. 2018 yilda biz bu körsatkiçni 350 ming nafarga yetkazmoqçimiz. 2020 yilga borib esa, bu raqamlarni yarim million kişiga yetkazişni rejalaştiryapmiz. MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarini hisobga olganda esa, 2017 yilda Özbekistonga umumiy hisobda 2,7 million çet el fuqarosi kelgan. Bularning aksariyati qöşni turkiy mamlakatlar - Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkmaniston fuqarolari", - deydi A.Abduhakimov.

Uning sözlariga köra, Turkiya fuqarolari uçun vizasiz rejimning örnatilişi yaqin 2-3 yilda turkiyalik sayyohlar sonini kamida 3-4 baravarga (yiliga 100-150 ming kişigaça) oşirişga umid qiliş imkonini beradi.

Xorijlik sayyohlar orasida Özbekistondagi eng maşhur yönaliş avvalgidek tarixiy-ma'rifiy turizm bölsa-da, sönggi yillarda tobora köproq turistlar ziyorat turizmiga qiziqiş bildirişmoqda. Yaqin istiqbolda ziyorat turizmi ham içki, ham taşqi turizmda eng talabgor yönalişlardan biriga aylanişi mumkin. Buning ajablanarli yeri yöq, zero Özbekiston tört diniy meros (islom, nasroniylik, iudaizm va buddizm)ning tarixiy markazidir. Agar bu yönaliş haqida batafsil sözlaydigan bölsak, bu yerda nafaqat islom yodgorliklari va muqaddas qadamjolar, balki ajdodlar xotirasini yod etiş maqsadidagi taşriflar ham közda tutiladi. Masalan, Isroil fuqarolari özlarining tarixiy ildizlarini unutib yubormaslik uçun ham Buxoro, Samarqand va Şahrisabzga taşrif buyurişadi.

“Biroq aeroportlarda, temir yöl va avtovokzallarda, şuningdek mehmonxonalarda sayyohlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş yölida qiladigan işlarimiz hali köp. Bu ziyoratçilar taşrif buyuradigan joylarda tahorat va ibodat xonalarini yaratişni közda tutadi. Özbekistonda diniy an'analar va urf-odatlarni inobatga oluvçi mehmonxonalar tarmoği, ya'ni ziyorat-mehmonxonalari  bölişi kerak. Umumiy ovqatlaniş joylari uçun “Halol” va “koşer”  standartlari böyiça turistik sanoat obektlarini sertifikatlaş tizimini joriy qiliş közda tutilmoqda”, - deydi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining raisi.