Londonning Xitrou aeroportida 50 ta timsoh uşlab qolindi. Timsohlar egalari yovvoyi hayvonlarni taşiş qoidalarini buzişgan. Bu haqda BBC News portali ma'lum qildi.
Bir yoşli timsohlar fermada göşti uçun boqiş maqsadida Malayziyadan Buyuk Britaniyaga olib kirilmoqçi bölgan. 30 santimetrlik timsohlar Britaniyaga parvoz davomida ziç joylaştirilgani sababli bir-birlari bilan talaşib kelgan. Beşta konteynerdan har biriga me'yorga köra 4 ta timsohdan joylanişi kerak bölsa-da, 10 tadan timsoh tiqilgan. Oqibatda bitta timsoh nobud bölgan.
Timsohlar yöqolib ketiş xavfi ostidagi yovvoyi hayvonlar va ösimliklar turlari savdosi haqidagi konvensiyaga (SITeS) köra musodara qilingan. Buyuk Britaniya içki işlar vazirligida timsohlarga yangi uy topib berilişi ma'lum qilingan.
SITeS 169 ta davlat tomonidan imzolangan xalqaro kelişuv bölib, 1975 yilda kuçga kirgan. Konventsiyadan maqsad yovvoyi hayvonlar va ösimliklarni sotiş natijasida yöq bölib ketişdan asraş hisoblanadi. Hujjat imzolangandan keyin uning himoyasi ostida bölgan turlardan birortasi savdo natijasida yöq bölib ketmagan.













