Manba bergan xabarga ko‘ra, Chempionlar ligasi «Liverpul» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi YeChL finalini Milorad Majich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda – Milovan Ristich va Dalibor Jurjyevich yordam beradi, darvoza ortidagi hakamlar – Nenad Jokich va Danilo Gruich, to‘rtinchi hakam – Kleman Tyurpen (Fransiya).

Foto: Getty Images

Yevropa Ligasining «Atletiko» va «Marsel» jamoalari o‘rtasidagi finalini boshqarish niderlandiyalik Byorn Kuypersga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam beradi, darvoza ortidagi hakamlar – Pol van Bukel va Danni Makkeli. To‘rtinchi hakam – polshalik Shimon Marchinyak.

Foto: Pro Shots