Nigeriya şimolidagi Gvaska qişloğiga jangarilar sodir etgan hujum oqibatida kamida 45 kişi halok böldi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi ma'lum qildi. 

Jangarilar qişloqqa hujumni 5 may kuni sodir etişgan. Ta'kidlanişiça, jinoiy guruhlar pul oliş maqsadida odamlarni öğirlaşni davom ettirmoqda, qurollangan bosqinçiliklar sodir etmoqda va çorvani öğirlamoqda. 

Hozirça mamlakatdagi birorta qurollangan guruh uşbu jinoyat uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, hujum oqibatida köplab uylarga öt qöyilgan, qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor.