Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ish beruvchilar Qirg‘iziston fuqarolaridan 114 mln rubl qarz bo‘lib qoldi
Foto: iStock
2017 yilda Rossiyada 2,8 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarolari Davlat migratsiya xizmati vakillariga ish beruvchilari ish haqlarini to‘lamayotgani bo‘yicha murojaat bilan chiqishgan. Bu haqda Qirg‘iziston Migratsiya bo‘yicha davlat xizmati raisi o‘rinbosari Almazbek Asanboyev matbuot anjumanida ma'lum qildi.
«Bizda bu ish beruvchilar ro‘yxati bor, fuqarolarimizni bu ish beruvchilar haqida doim xabardor etib boramiz. Qarz miqdori 114 million rublni tashkil etdi. Bugungi kunda 54 million rubl Migratsiya bo‘yicha davlat xizmatining vakillari kuchi bilan qaytarildi», - dedi Asanbayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pulni to‘lamaslik to‘g‘risidagi murojaatlarning 98 foizi mehnat shartnomasi yo‘qligi bilan bog‘liq. «Bunday kompaniyalar ishchilar oldida shartnoma majburiyatlarini olmagan holda, ularga ish haqini to‘lamaydi. Xodimlar bilan shartnomalar tuzmaganlik uchun jarima to‘lashga majbur bo‘ladi, har bir xodim uchun 800 ming rubldan», - deya xabar bergan A.Asanbayev.
Mavzuga oid
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
14:40 / 04.03.2026
Mers: Rossiyada yo‘qotishlar 1 mlndan oshgan bo‘lishi mumkin
09:10 / 03.03.2026
Sud: YuKOS sobiq aksiyadorlari Rossiyadan kompensatsiya undirishi mumkin
09:07 / 03.03.2026