12:45 / 07.05.2018
11556

Tojikistonda kuchli shamol ikki nafar bolaning umriga zomin bo‘ldi

Illyustrativ foto/ kg.akipress.org

Tojikiston janubidagi Xatlon viloyati Vaxsh tumanida kuchli shamol tufayli ikki nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda tojik OAV FVQ matbuot markazi boshlig‘i Umid Yusufiyga asosan xabar qilgan.

Yusufiyning xabar berishicha, bolalar kuchli shamol boshlanganida chorva mollarini o‘tlatayotgan bo‘lishgan. Ular bir birining ustiga qurib tashlangan do‘konchalar ortiga kirib olishgan, biroq shamol tufayli do‘konchalardan biri bolalarning ustiga qulagan. Bolalar olgan jarohatlari tufayli halok bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda selfi olmoqchi bo‘lgan ikki qiz daryoga tushib ketib, halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Top