Armaniston parlamenti vitse-spikeri va parlamentda köpçilik mandatga ega bölgan Armaniston Respublika partiyasi ijroiya organi a'zosi Eduard Şarmazanov mamlakat yangi boş vaziri Nikol Paşinyanning hukumatiga kirmaydi hamda muxolifatga ötadi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bergan.
«Partiya vakillari hukumatga kirmaydi. Biz mafkura, prinsiplarga ega partiyamiz hamda muxolif bölganimiz holda, hukumatga kira olmaymiz. Biz Qoraboğ, Armaniston farovonligi, mamlakatning milliy va davlat manfaatlari uçun işlaşda davom etamiz», - deya ma'lum qildi Şarmazanov.
Avvalroq, muxolif siyosatçi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi va «Yelk» fraksiyasi a'zosi Nikol Paşinyan Armaniston boş vaziri etib saylangandi.
Bundan taşqari, Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Nikol Paşinyan jamoatçilik fikrini juda nozik tuşunuvçi iste'dodli siyosiy arbob ekani, biroq, u mamlakat rivoji uçun öz mas'uliyati darajasini tuşunişi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.













