Muxolif siyosatçi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi va «Yelk» fraksiyasi a'zosi Nikol Paşinyan Armaniston boş vaziri etib saylandi. Uning nomzodi uçun parlamentning 59 nafar deputati ovoz berdi, 42 kişi qarşi çiqdi.
8 may kuni Paşinyan mamlakat böylab dam oliş kuni e'lon qilgandi. Şuning uçun armanlar Yerevandagi Respublika maydoniga töplandi va parlament yiğilişi va ovoz beriş jarayonini jonli kuzatişdi.
Nikol Paşinyan armanistonliklarni soat 20:00da maydonga çiqib, ğalabani nişonlaşga çaqirgan.
1 may kuni ötkazilgan ovoz beriş jarayonida Paşinyan kerakli 53 ovoz örniga 45 ovoz qölga kiritgandi. Respublika partiyasi uni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgandi. Şundan söng, muxolif siyosatçi tarafdorlarini mamlakatda navbatdagi tartibsizliklarni uyuştirişga çaqirdi, keyingi kuniyoq respublikaçilar öz qarorlarini özgartirişga va'da berişdi.













