Armanistonning yangi saylangan boş vaziri Nikol Paşinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşmoqçi ekanini aytdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar tarqatgan.
U rossiyaliklar prezidenti bilan 14 may kuni Soçida Yevroosiyo iqtisodiy kengaşining oliy darajali yiğilişi vaqtida uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan.
Paşinyan şuningdek, 9 may kuni Toğli Qoraboğga borişni rejalaştirgan. Armaniston parlamentidagi çiqişi çoğida u Qoraboğ nizosini tinç yöl bilan hal qiliş uçun bu masalani Ozarboyjon tomoni bilan muhokama qilişga tayyorligini bildirgan.
Paşinyan 8 may kuni Milliy yiğilişda ötkazilgan saylov natijasida mamlakatning yangi boş vaziri etib saylandi. Uning nomzodi 59 nafar deputat tomonidan qöllab-quvvatlandi (53 ovoz talab etilgandi), — 42 kişi qarşi böldi. U endilikda muxolifatga aylangan Respublika partiyasi vakillari bergan ovozlar evaziga saylanişga muvaffaq böldi.













