Reuters agentligining yozishicha, davlat rahbari mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga shu kunlarda Xitoy, Rossiya va Yevropa bilan muzokaralar o‘tkazish topshirig‘ini bildirgan.
«Eron so‘zida turgan, AQSh esa har doimgidek buni eplay olmadi. Biz bugun tarixiy tajribani boshdan kechirdik», deydi Eron prezidenti.
Yevropa tashqi siyosiy masalalar bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini ham bir vaqtning o‘zida bayonot bilan chiqish qildi.
«YeI o‘z manfaatlaridan kelib chiqib qaror qiladi. Shuningdek, biz xavfsizlik va iqtisodiy qiziqishlarimizni ham unutmaymiz», deydi u.
Mogerini xonim Samarqand shahrida o‘tgan xalqaro konferensiyada ham Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, bulardan avval AQSh prezidenti Donald Tramp yuqorida qayd etilgan kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgandi.










