AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) may oyida Markaziy Osiyoda «mustaqil» ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash uchun shartnomani e'lon qildi. Tashabbusning asosiy maqsadlaridan biri – mintaqada rus ommaviy axborot vositalarining ta'sirini kamaytirish.
Hujjat mualliflari fikricha, Markaziy Osiyoda, xususan, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda yuqori sifatli, ijtimoiy ahamiyatga ega kontent yaratish imkoniyati past darajada saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, Rossiya tomonidan efirga uzatiladigan yangiliklar va ko‘ngilochar dasturlarning kuchli ta'siri mavjud bo‘lib, «bu mintaqada jamoatchilik fikrini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi».











