Armanistonning yangi boş vaziri Nikol Paşinyan respublika prezidenti Armen Sarkisyanga politsiya boşliği Vladimir Gasparyan va Milliy xavfsizlik xizmati direktori Georgiy Kutoyanni lavozimidan ozod etişni taklif qilgan.

«Men hozirgina respublika prezidentiga Gasparyan va Kutoyanni lavozimdan ozod etiş böyiça taklifimni imzoladim», - deya yozgan Paşinyan feysbukdagi sahifasida.

37 yoşli Kutoyan Armaniston MXX direktori sifatida 2016 yilning 12 fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. U muqaddam Armaniston sobiq prezidenti Serj Sarsyanga huquq masalalari böyiça yordamçilik qilgan.

60 yoşli Gasparyan 2011 yilda Armaniston politsiyasiga boşliq etib tayinlangandi.

Aprel oyida Sargsyan hukumatiga qarşi norozilik namoyişlariga boşçilik qilgan muxolifat yetakçisi Nikol Paşinyan 8 may kuni Armaniston boş vaziri etib saylandi.