Xalq ta'limi vazirligi öquvçilarning özlaştiriş darajasini aniqlaş, ularning bilimini xalqaro talablarga mosligini örganiş va unga yetkaziş hamda xalqaro amaliyotdagi dasturlarga bosqiçma-bosqiç integratsiyalaş maqsadida umummilliy tadqiqot ötkazmoqda, deb xabar beradi Kun.uz’ga Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati.

Xalq ta'limi vazirligi öquvçilarning özlaştiriş darajasini belgilaş va bunda salbiy ta'sir körsatuvçi omillarni aniqlaş maqsadida UNICEFning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Öquvçilarning muvaffaqiyatli özlaştirişiga salbiy ta'sir etuvçi omillarni aniqlaş” böyiça umummilliy tadqiqot ötkazmoqda.

Umummilliy tadqiqot umumiy örta ta'lim maktabi öquvçilarining bilimini xalqaro talablarga yetkaziş, unga mosligini örganib boriş, xalqaro amaliyotda foydalanib kelinayotgan PISA (Programme for international Student Assement), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi dasturlarga bosqiçma-bosqiç integratsiyalaş maqsadida taşkil etilmoqda.

Tadqiqot işlari joriy yilning may oyi davomida respublika miqyosida tanlab olingan 255 ta maktabda ötkazilib, unda umumta'lim maktablari 4-sinf öquvçilarining matematika, öqiş va tabiatşunoslik fanlaridan yutuqlari tajriba-sinov tariqasida örganiladi.

Umummilliy tadqiqot materiallari UNICEFning Özbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amaldagi DTS va xalqaro tajriba asosida tayyorlangan.

Şu yilning 10 iyuniga qadar umummilliy tadqiqot natijalari tahlil qilinadi hamda olingan xulosalar asosida yangi öquv yilidan öquvçilarning özlaştiriş darajasini oşiriş va unga salbiy ta'cir körsatuvçi omillarni bartaraf etiş böyiça tegişli çoralar köriladi.