Ğazo sektoridagi “Al-Aqso şahidlari” şifoxonasida 20 dan ziyod yangi tuğilgan çaqaloqlarning hayoti tibbiyot muassasasi tölaqonli faoliyat körsatişi uçun yoqilği mahsulotlari yetişmasligi tufayli tahdid ostida qolgan. Bu haqda BMTning bolalar fondi UNICEF bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
«Ğazoning Dayr-ul-Balah şahrida joylaşgan “Aqso” kasalxonasiga yoqilği mahsulotlarining muntazam yetkazişning imkoniyati bölmayotgani sababli kislorod generatorlar öçib qolişi mumkin. Bu esa barokamerada joylaşgan 20 dan ortiq çaqaloqlarning hayoti xavf ostida qolişiga olib keladi», — deyiladi fond bayonotida.
BMT taşkilotidagilarning qayd etişlariça, ekslavga yonilği mahsulotlarining yetkazilişi hamon favqulodda past darajada qolmoqda.
Bayonotda qayd etilişiça, Ğazoga yetkazilayotgan yonilği mahsulotlari hajmini oşiriş va uni yetkaziş uçun zudlik bilan xavfsiz yölaklar taşkil etilişi kerak. UNICEF’dagilarning ogohlantirişiça, faqatgina şu yöl bilan humanitar missiya xodimlari öz majburiyatlarini bajariş imkoniyatiga ega bölişadi.
“Al-Aqso şahidlari” şifoxonasi ma’muriyatining xabariga köra, kasalxonada tibbiy xizmatlar yonilği yetişmasligi tufayli töxtatilişi mumkin. Paydo bölgan vaziyat tufayli kasalxonadagi 1200 ga yaqin bemorlar va yaradorlar ölim xavfiga duçor bölişmoqda.
Avvalroq Haagadagi BMT Xalqaro sud Isroil zimmasiga Ğazo sektori janubidagi Rafah şahriga hujumni zudlik bilan töxtatiş majburiyatini yuklagani xabar qilingan edi.

















