10 may kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Otabek Murodov Amerika Qöşma Ştatlari Favqulodda va Muxtor elçisi Pamela Spratlen bilan uçraşuvi ötkazdi. Bu haqda boş prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Elçiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi ostida amalga oşirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qiliş, jinoyat qonunçiligini liberallaştiriş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini tubdan takomillaştirişga qaratilgan çoralar haqida ma'lumot berildi.

Qayd etiş kerakki, uşbu ikki tomonlama uçraşuv Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 15-17 may kunlarida AQŞga amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan rasmiy taşrifi arafasida taşkillaştirildi.

Uçraşuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik, tajriba almaşinuvi, vijdon va söz erkinligini ta'minlaş hamda olib borilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining örnini mustahkamlaş masalalarini muhokama qilişgan.

Şuningdek, 11 may kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov ham Pamela Spratlenni qabul qilgan.

TIV matbuot xizmatida xabar berilişiça, uçraşuvda oliy darajada bölib ötadigan Özbekiston-AQŞ uçraşuvi kun tartibidagi masalalar va Özbekiston rasmiy delegatsiyasining AQŞga taşrifi dasturining amaliy jihatlari muhokama qilingan.