GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifatni integratsiya qilinganligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bu haqda GM Uzbekistan AJ Jamoatchilik bilan ishlash xizmati xabar berdi.



Bu so‘nggi 3 yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta'minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo‘ldi.
Tekshiruv General Motors korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Hindistondagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.

Sertifikat “General Motors International” tashkilotining auditi natijasida topshirildi. Sertifikat topshirish marosimiga GM International kompaniyasi vitse-prezidenti Fil Kinli tashrif buyurdi.

Sertifikatni qo‘lga kiritish uchun 44 ta ko‘rsatkich bo‘yicha talablarga to‘la javob berish lozim. Natijalar Asaka avtomobil zavodi ushbu standartlar bo‘yicha 100 foiz talabga javob berishini ko‘rsatdi (minimal daraja – 95,5%).
Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga sifat darajalarini belgilab beruvchi uchinchi darajaning berilishi korxonaga GM global platformasidagi deyarli barcha avtomobillarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Sifat darajalarini belgilab beruvchi daraja (BIQ) zavod ishlab chiqarish jarayoniga GMS’ni joriy etish darajasiga ko‘ra aniqlanadi.


















