10 may kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 349-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror Özbekiston Respublikasida inson hayoti va faoliyatining barça sohalarida majburiy mehnatning oldini oliş va unga töliq barham berişga doir aniq hamda amaliy çora-tadbirlar amalga oşirilişiga qaratilgan.

Unga köra:

Birinçidan, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boşqa qonun hujjatlarida fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangani, har qanday şakldagi majburiy mehnatdan foydalaniş, biror bir jazo qöllanişi bilan qörqitgan holda işlarni bajarişga majburlaşni taqiqlovçi normalar mustahkamlanganini e'tiborga olib, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi, viloyatlar, Toşkent şahri, şaharlar va tumanlar hokimlari, barça darajalardagi davlat va xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlariga quyidagilar belgilab berildi:

- fuqarolarni, jumladan, ta'lim, soğliqni saqlaş muassasalari, boşqa byudjyet taşkilotlari xodimlarini, ta'lim muassasalari öquvçilari va talabalarni majburiy mehnatga, şu jumladan tuman va şaharlar hududlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş işlari, mavsumiy qişloq xöjaligi işlari, metall çiqindilari va makulatura yiğiş, şuningdek, boşqa turdagi mavsumiy işlarga jalb qiliş holatlarining zudlik bilan oldini oliş va bunga çek qöyiş;

- fuqarolarni, xususan, ta'lim va soğliqni saqlaş sohasi, boşqa byudjyet taşkilotlari xodimlarini, talabalar va ta'lim muassasalari öquvçilarini majburiy jamoat işlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor şaxslarga nisbatan qat'iy intizomiy çoralar qöllanilişi;

- avtomobil yöllari, harakatlaniş tiğiz bölgan köçalar, suv obektlari, qirğoqböyi hududlar va zonalar, quriliş maydonlari, bino va inşootlar tomlari, xavfli işlab çiqariş obektlari, şuningdek, insonlarning hayotiga yoki soğliğiga xavf tuğilişi yuzaga kelişi mumkin bölgan boşqa joylarda ixtiyoriy taşabbus bilan haşarlar va boşqa işlarni ötkaziş taqiqlandi.

Ikkinçidan, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasiga:

- fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş va Özbekiston Respublikasi hududida majburiy mehnatga yöl qöymaslik sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilişi yuzasidan nazoratni kuçaytiriş, bu boradagi tekşiruvlar samaradorligini oşiriş va majburiy mehnat holatlari aniqlanganda esa aybdor şaxslarga nisbatan tegişli javobgarlik çoralarini qöllaş topşirildi.