Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati hokimligi Kumushkonda, “O‘zavtosanoat” Zarkentda, “O‘zbekneftgaz” Sanganakda dam olish uylari quradi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining Parkent tumanida sanatoriy va dam olish uylari barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Toshkent viloyati hokimligi Parkent tumani, Kumushkon MFY, Kumushkon qishlog‘i hududidagi zaxira yer maydonida, “O‘zavtosanoat” AJ Parkent tumani, Zarkent mahallasida joylashgan Toshkent shahar IIBBga davlat mulki sifatida foydalanish huquqi asosida berilgan dam olish oromgohining bo‘sh yer maydonida, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Parkent tumani, “Oqsoqotasoy” soyining yuqori qismidagi zaxira yer maydonida, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Parkent tumani, Boshqizilsoy qishlog‘i, “Boshqizilsoy” soyining o‘ng qirg‘og‘idagi bolalar oromgohining bo‘sh yer maydonida, “O‘zbekneftgaz” AJ Parkent tumani, Sanganak mahallasi, “Risqiya ona” fermer xo‘jaligidan tuman hokimligi tasarrufiga qaytarilgan zaxira yer maydonida sanatoriy va dam olish uylari barpo etadi.
Toshkent viloyati Parkent tumanida sanatoriy va dam olish uylari barpo etish uchun biriktirilgan loyiha tashabbuskorlari ro‘yxati

Mavzuga oid
08:25 / 21.05.2026
Parkentda davlat yerini noqonuniy sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
09:24 / 02.04.2026
Parkent bozori yonidagi yo‘lda ta’mirlash ishlari tugallanmoqda
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026