AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan 12 iyunda Singapurda uchrashadi. Bu haqda Trampning o‘zi tvitterda ma'lum qilgan.

“AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi 12 iyun Singapurda bo‘lib o‘tadi. Biz ikkimiz ham bu uchrashuvni butun dunyoda tinchlik uchun o‘ziga xos onlarga aylantirishga harakat qilamiz”, deb yozgan Tramp.

Avvalroq Kim Chen In Tramp bilan uchrashuv mintaqada ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishiga umid bildirgandi.