O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga: 

qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini; 

2018-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini; 

2018-2020 yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini; 

qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda: 

a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat o‘rnatadi; 

b) 2018 yil 1 sentabrga qadar muddatda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rgansin, sabzavotchilik, uzumchilikni jadal rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, bunda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi: