Ikkita Audi R8 superkari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazi – Qatar poytaxti Dohadagi Al Hazm’da suratga olindi. Ta'kidlanişiça, bu markaz qurilişiga 825 mln dollar sarflangan. 

Savdo markazini quriş uçun Falastin va Toskanadan yetkazilgan 60 ming tonna toş va marmar işlatilgan. Binoni qurişda haybatli ustunlar, arka va gumbazlar bilan 18-asrdagi yevropaça savdo qatorlari uslubidagi markazni barpo etiş vazifasi turgan. Hozirda Al Hazm “millionerlar savdo markazi” deb ataladi.

Suratga olişda Audi R8’ning töliq va orqa privodli variantlari iştirok etgan. Ikkala avtomobil ham hajmi 5,2 litrli, 10 silindrli dvigatel bilan jihozlanadi. Biroq töliq privodli variantda dvigatel 610 ot kuçi, orqa privodlisida 540 ot kuçi beradi.
 

Superkarning töliq privodli varianti 100 km/soatga 3,2 soniyada, orqa privodlisi 3,7 soniyada erişadi. Orqa privodli Audi R8  çeklangan miqdorda – 999 dona işlab çiqarilgan.