O‘zbekiston | 13:13 / 12.05.2018
37204
3 daqiqa o‘qiladi

“Chorsu” mehmonxonasini chiqindi uyumlaridan tozalab, tartibga keltirishga 6 oy kerak bo‘ldi - Axmet Demir

Keyingi paytda xorijlik, xususan, Turkiya ishbilarmon doirasi vakillari o‘z biznes faoliyatini O‘zbekiston bilan bog‘lashga intilmoqda. Hamkorlikda yirik loyihalarga qo‘l urilyapti. “Demir Group” kompaniyasi rahbari Axmet Demir — shulardan biri. “Xalq so‘zi” muxbiri mazkur mashhur investor bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi bugungi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalar, tadbirkor tomonidan hayotga tatbiq qilinayotgan loyihalar haqida suhbatlashdi. 

Foto: Xalq so‘zi

— Sizga biznes faoliyatingizni O‘zbekiston bilan qayta bog‘lashga nima turtki bo‘ldi?   

— Ota yurtimizga bo‘lgan muhabbat, o‘zbek xalqiga ishonch. Inson yaxshi ko‘rmagan joyda yashay olmaydi. Bu aniq. Chidam bilan ishlash esa mumkin emas. Odam ishonch paydo bo‘lgan, ertasidan ko‘ngli to‘q joydagina hadiksiz, rohatlanib ishlaydi. 

Yashirishning hojati yo‘q, avvallari o‘zbek do‘stlarimizda ham biznesga sarmoya kiritishda ikkilanishlar bo‘lardi. Bugun uning o‘rnini qat'iyat egallab, keyingi 2 yilda xalq harakatga tushib ketdi. Bu esa bizga kuch-quvvat, jasorat beradi. Prezidentga, islohotlarga ishonchni kuchaytiradi. 

Foto: Xalq so‘zi

 — “Chorsu” mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etish loyihasiga sarmoya kirityapsiz. Uning umumiy qiymati qancha? Mehmonxona mijozlariga o‘z eshiklari qachon ochadi?

— Qiymati 33 million AQSh dollariga teng loyihamiz hujjatlarini tayyorlash va qurilish-ta'mirlash ishlarini yakunlash ikki yilga mo‘ljallangan. Ya'ni 2019 yil yakuniga qadar obektni to‘liq ishga tushirish niyatidamiz. Lekin umumiy maydoni 34 ming kvadrat metrlik binoni zamonaviy qiyofaga keltirish oson ish emas. Chunki elektr energiyasi, ichimlik suvi kabi muhandislik tarmoqlaridan uzilgan, lifti yo‘q 24 qavatli inshootning chiqindi uyumlaridan tozalab, tartibga keltirishga, ishonasizmi, olti oy kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng bino texnik ekspertiza qilish ishlariga kirishildi. Hozirgi paytda bu yumushlar to‘liq yakunlanib, me'morlar tomonidan qayta ta'mirlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. 

Foto: Xalq so‘zi
Foto: Xalq so‘zi
Foto: Xalq so‘zi
Foto: Xalq so‘zi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Chorsu” mehmonxonasi 2019 yilgacha ishga tushirilishi xabar berilgandi. 

Mavzuga oid