
Olmaliq şahrida Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning filiali joriy yilda ilk talabalarni qabul qiladi. Bu haqda davlat rahbari imzolagan tegişli qarorda şunday deyiladi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Olmaliq TMK” AJ, “Navoiy KMK” DK, Toşkent viloyati hokimligi va Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning (Rossiya Federatsiyasi) Olmaliq şahrida Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning filialini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Filial faoliyatining asosiy yönalişlari etib, quyidagilar belgilangan:
- respublikaning işlab çiqariş-sanoat tarmoği uçun muhim ilmiy- texnologik vazifalarni hal qilişga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlaş;
- metallurgiya, konçilik işi va sanoat işlab çiqarişning boşqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib boriş;
- mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlaş tizimini ta'lim va fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, şuningdek, jahon ta'lim va ilmiy hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantiriş;
- muhandis-texnik kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş va modernizatsiya qilişga yönaltirilgan yangi ta'lim dasturlari hamda öqitiş şakllarini işlab çiqiş va joriy etiş;
- ta'lim va ilmiy faoliyatning işlab çiqariş-sanoat faoliyati bilan uzviy integratsiyasi uçun şart-şaroitlar yaratiş;
- pedagogik salohiyatni rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, pedagogik texnologiyalarni va öqitiş uslublarini faol takomillaştiriş;
- ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakçi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantiriş va mustahkamlaş.
Filialda öqitiş Özbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablarini e'tiborga olgan holda “MISiS” MTTU tomonidan tasdiqlangan öquv rejalar va dasturlar böyiça amalga oşiriladi.
Abituriyentlarni qabul qiliş va filial bitiruvçilarining attestatsiyasi “MISiS” MTTU tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oşiriladi.
















