Halol yöl bilan topilmagan boylik heç kimga vafo qilmaydi. Bir nafar farzandning onasi B.Isayeva şu haqiqatni afsuski, keç anglab yetdi. U ayol nomiga doğ tuşiradigan nopok işni kasb qildi va odam savdosi jinoyatiga qöl urdi, deb yozadi «Zarafşon» gazetasi.
Qariyb ön yil davom etgan uning bu jinoiy faoliyatiga şeriklari M.Kamolova, Ş.Nurillayev, S.Nurillayev, M.Rahmonova va N.Mamarahimova yaqindan kömak berdi. Bu jinoiy guruh ayollarni aldov yöli bilan Tailandga olib borib, majburan fohişalik bilan şuğullantirgan va şu orqali moddiy boylik orttirgan.
B.Isayevaga yöl va turarjoy xarajatlari bilan ta'minlagani uçun 8–10 ming AQŞ dollaridan işlab berib, söngra özlarining ehtiyojlari uçun işlaganliklarini tasdiqlagan.
Sudlanuvçi B.Isayeva oçiq sud majlisida aybiga töliq iqror bölib, haqiqatan ham 2006 yildan boşlab Tailandning Bangkok şahriga işlaş uçun borib kelganligini tasdiqladi. 2007-2008 yillarda öziga Bangkok şahridan ijaraga xonadon olganini va bu uyda Özbekiston Respublikasidan kelgan qizlarni ijaraga qöyganini, ularga bu yerda fohişalik bilan şuğullaniş uçun şaroit yaratib berganini tan oldi.
B.Isayeva hamda uning jinoiy şeriklariga sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi.
















