Armanistonning yangi hukumati keng miqyosli repatriatsiya (asirlar, qoçoqlar va köçirma bölganlarni öz vataniga qaytariş) ustida işlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda duşanba kuni jurnalistlarga diaspora işlari böyiça vazir Mxitar Ayrapetyan ma'lum qildi.

Statistikaga köra, Armaniston aholisi soni har yili kamayib bormoqda. 2016 yilning 1 yanvari holatiga köra, bu boradagi körsatkiç 1970-yillardan buyon ilk marotaba 3 mln kişidan pastga tuşib ketdi. Mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolar sonining kamayişi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar tufayli röy beruvçi emigratsiya bilan boğliq. Avvalroq, Armaniston hukumati rahbari Nikol Paşinyan vazirlar mahkamasining maqsadlaridan biri aholining mamlakatdan çiqib ketişi va vatandoşlarni ortga qaytariş bölişi kerakligini ma'lum qilgandi.

«Biz keng kölamli repatriatsiyani amalga oşiramiz. Bu jarayon vaqt va har kunlik faol işni talab qiladi», - deya ta'kidlab ötdi Ayrapetyan.

Unga köra, inqilob ğalabasi avval Armanistondan çiqib ketgan vatandoşlarga umid berdi. «Hozir köpçilik vataniga qaytib kelmoqda, endi biz bu jarayonni aniq qadamlar bilan mustahkamlaşimiz kerak», - dedi vazir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Armaniston hukumatining qaroriga köra, Soçida bölib ötadigan YeOII sammitiga prezident Armen Sarkisyan emas, balki boş vazir Nikol Paşinyan borişi xabar berilgandi.