Kataloniya jyeneralitatiga «Kataloniya uçun birgalikda» (Junts per Catalunya) guruhi nomzodi Joakim (Kim) Torra yangi rahbar etib saylandi. Bu haqda Europa Press xabar bergan.

Uning nomzodi 66 deputat tomonidan qöllab-quvvatlangan, 65 nafari qarşi çiqqan. Yana 4 nafar deputat betaraf qolgan.

Qayd etilişiça, muxtoriyatning va partiyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon bu jarayonni Berlindan turib kuzatib borgan.

Foto: Twitter

Ötgan yilning 27 oktabr kuni Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy Puçdemonni Kataloniya jyeneralitati rahbarligi lavozimidan çetlatgandi. Şundan söng, rasmiy Madrid Konstitutsiyaning 155-moddasini, qaysiki muxtoriyatning öz-özini boşqariş vakolatlarini çeklovçi moddani amalga kiritgandi.