Rossiya taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Sergey Lavrov Eron böyiça yadroviy bitimda Rossiya tomonining qonuniy manfaatlarini himoya qilişga çaqirdi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

«Bu bitimda ham Rossiya Federatsiyasida, ham boşqa iştirokçilarda, ham yevropaliklarda qonuniy manfaatlar bor, ular bu kelişuvda mustahkamlab qöyilgan hamda BMT Xavfsizlik kengaşi tomonidan ma'qullangan. Şuning uçun biz har birimizning qonuniy manfaatlarimizni xabar qilgan holda himoya etişimiz lozim», - deya aytib ötdi Lavrov.

Lavrov Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif bilan uçraşuv davomida şunday bayonot bilan çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Trampning neft bozoridagi ikkiyoqlama öyini haqida ma'lum qilgandi.