Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV endi Tojikistonga borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ
Tojikiston Respublikasining 2018 yil 2 yanvardagi 1471-sonli «Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Tojikiston Respublikasida huquqiy maqomi» to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Tojikiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Tojikiston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Tojikiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 4000 somoniydan 4500 somoniygacha miqdorida jarima jazosi qo‘llaniladi.
Batafsil ma'lumotni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.tadjikistan.mfa.uz) yoki elchixonaning konsullik bo‘limiga quyidagi telefon orqali murojaat qilib olish mumkin: +992 (37) 224- 75-42.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq TIV Qirg‘izistonga borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024