1 iyundan boshlab ommaviy ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etishdan daromad oluvchi mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi miqdori 30 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi.

Bundan chora prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14 may kuni imzolangan qarorda belgilab qo‘yilgan.

Ushbu yangilik konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan kompaniyalar uchun amal qiladi.