Özbekiston Respublikasi prezidentining «Davlat aktivlarini boşqariş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorda bugungi kunda davlat korxonalariga öz vazifalarini töliq bajariş va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik rivojlantirişga kömaklaşiş imkonini bermaydigan qator muammolar mavjudligi sanab ötilgan.

Qarorga köra, davlat aktivlarini boşqarişning samaradorligini yanada oşiriş, davlat korxonalari faoliyatini takomillaştiriş, ularning Özbekiston Respublikasini iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy jihatdan yanada rivojlantirişdagi rolini oşiriş maqsadida:

Davlat korxonalari faoliyatini taşkil etişda keng kölamli özgarişlarni amalga oşiriş, şuningdek, davlat aktivlarining qiymatini va ularni boşqariş samaradorligini oşirişni közda tutuvçi davlat korxonalarini transformatsiya qiliş dasturlarini amalga oşirişning xalqaro tajribasi ma'lumot uçun qabul qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining quyidagilarni nazarda tutuvçi 2018–2020 yillarda ustav fondida davlat uluşi ustuvor bölgan davlat korxonalari va boşqa yuridik şaxslarni transformatsiya qiliş dasturini amalga oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilmoqda:

  • boşqaruv xodimlariga yuklatilgan vazifalarning sifatli va öz vaqtida bajarilişi uçun ularning mas'uliyatini ta'minlovçi korporativ boşqaruv tizimini joriy etiş;
  • davlat korxonalari faoliyati samaradorligini ta'minlaş böyiça taşabbuslarni amalga oşiriş;
  • davlat korxonalari rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy könikmalarini, jumladan, tegişli tarmoqlar böyiça yetakçi xorijiy korporatsiyalar bilan tajriba almaşinişni taşkil etiş orqali rivojlantiriş;
  • davlat korxonalarini transformatsiya qiliş tadbirlarini amalga oşirişda loyiha boşqaruvi vositalaridan foydalaniş.

Belgilab qöyilmoqdaki:

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi Dasturning strategik maqsadlari va muhim vazifalarni aniqlaş va tasdiqlaş, şuningdek, uni amalga oşiriş masalalari böyiça qarorlar qabul qilişga vakolatli Loyiha ofisi funksiyalarini bajaradi;

Dasturning amal qilişi «Özbekneftgaz», «Özkimyosanoat», «Özbekenergo», «Özbekgidroenergo», «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati», «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyatlari, «Özbektelekom» AK, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK, «Özbekiston havo yöllari» MAK va AT Xalq bankiga (keyingi örinlarda – davlat kompaniyalari) tatbiq qilinadi.