Özbekistonni kelgusi ikki yil içida «katta özgarişlar» kutmoqda. Bu haqda mamlakat boş vaziri Abdulla Aripov Toşkentda nihoyasiga yetgan özbek-nemis biznes forumida ma'lum qildi.

«Hukumat Özbekistonda oçiq iqtisodiyotni şakllantirişga qat'iylik bilan harakat qilmoqda. Işonçim komilki, kelgusi ikki yil mobaynida mamlakatimizdagi katta özgarişlarga guvoh bölasiz», - deya ma'lum qildi Aripov.
 
Şu kunlarda Özbekistonga Germaniya işbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng köp sonli delegatsiyasi taşrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, şuningdek, kiçik va örta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. Bugun Toşkentda Germaniya-Özbekiston işbilarmonlar kengaşining 4-yiğilişi ham yakunlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Aripov Özbekiston - Germaniya savdo palatasini taşkil etiş taklifi bilan çiqqani xabar berilgandi.