Jahon | 00:23 / 16.05.2018
9938
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp musulmonlarni Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi

Foto: AFP 2018 / Mandel Ngan

AQSh prezidenti Donald Tramp muqaddas Ramazon oyi boshlanishi bilan barcha musulmonlarni tabrikladi.

“Ramazon bizga musulmonlar Amerikaning diniy landshaftiga qo‘shayotgan boylik haqida eslatadi. Konstitutsiyamiz musulmonlar Ramazonga o‘z vijdonlari amriga muvofiq va hukumat tomonidan biror tazyiqlarsiz amal qila olishlarini kafolatlaydi”, deb aytgan Tramp o‘z tabrik nutqida.

“Shu bilan birga shuncha odam hamjihatlikda Ramazonni nishonlamoqda, Melanya va men ularning muqaddas oydagi orzu-umidlariga qo‘shilamiz. Ramazon muborak”, deb qo‘shimcha qilgan  Tramp.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid