2018 yil 15 may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qaşqadaryo viloyatining Kitob va Dehqonobod tumanlarida qisqa muddatli kuçli yomğir yoğib ötdi. Qisqa muddatli kuçli yomğir yoğişi natijasida, «Samarqand-Qarşi» avtomobil yölining tagidan ötgan quvurlarga yomğir suvi bilan oqib kelgan şox-şabbalar tiqilib qolgan va yomğir suvi yölning ustki qismidan ötganligi xabar qilinadi içki işlar vazirligi rasmiy veb saytida.
Biz Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi Jom qişloğida böldik. Bu yerda 15 may kuni soat 20:00 lar atrofida Jom soyi böylab kelgan sel «Samarqand-Qarşi» avtomobil yöliga kelib tiqilib, 21 ta xonadon va atrofdagi inşootlarni suv bosişiga sabab bölgan.
Biz Jom qişloğiga borganimizda sel oqibatlari FVV qutqaruvçilari tomonidan bartaraf etilayotgan edi.


Sel oqibatida jabrlanganlardan biri Sobir Saydullayevning uyi töliq toşqin ostida qolgan. Uyning old devor sel bosimiga doş bera olmasdan nuragan. Oğilidagi uç boş qoramoli nobud bölgan. Sel ikki avtomaşinani ham oqizib, ularga jiddiy şikast yetkazgan.

«Suv kutilmaganda juda şiddat bilan keldik, bola çaqani olib çiqib, jonni saqlab qolişga ulgurdik. Faqat yangamiz loyqa suv yutdi. Hozir şifoxonada. Ahvoli qoniqarli», — dedi S.Saydullayev.
Sobir akaning aytişiça, uyiga birinçi marta sel kirişi emas. Uning uyi «Samarqand-Qarşi» yöliga eng yaqin va pastlikda joylaşgan. U ikki yildan beri katta yöl ostidagi sel ötkazuvçi quvur kengaytirilişini talab qilib, respublika idoralariga murojaat qilib kelganligini alohida ta'kidladi.

Kun.uz’ga kelib tuşgan ma'lumotlarga köra, keça bölib ötgan kuçli yomğir natijasida Samarqand tumanining Ohalik mahallasida ham sel toşqi ni röy bergan va odamlarning turar joylariga ziyon yetkazgan. Bir oilaning ayoli ikki farzandi bilan oqib ketgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabar ham bor.



















