Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi farmoyişi qabul qilindi. Unda belgilanişiça, muassisi “Özneftmahsulot” AJ hisoblangan “Neft ta’minot-servis” MÇJ boşqaruv organining uşbu jamiyatga qaraşli Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, “Şodmalik” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi qurilişi tugallanmagan bino va inşootlar tegişli hududi bilan birgalikda hamda undagi boşqa asosiy vositalarni Toshkent şahar hokimligining “Toshkent agro zaxira xizmat” davlat unitar korxonasiga beriş töğrisidagi qarori ma'lumot uçun qabul qilindi.

Şuningdek, “Özbekneftgaz” AJ, “Özneftmahsulot” AJ, Toshkent şahar hokimligi hamda Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining:

obektni “Özneftmahsulot” AJning ustav kapitalidagi davlat uluşini mazkur obekt va undagi boşqa asosiy vositalar balans qiymati summasiga kamaytiriş hisobidan “Toshkent agro zaxira xizmat” DUKga davlat mulki sifatida operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriş;

“Toshkent agro zaxira xizmat” DUK tomonidan mazkur obektdan maşina- traktor parki, ta'mirlaş sexi, ösimliklarni himoya qiliş laboratoriyasi va ma'muriy bino sifatida maqsadli foydalanilişini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

“Özneftmahsulot” AJ:

ikki oy muddatda obekt va undagi boşqa asosiy vositalarning “Toshkent agro zaxira xizmat” DUKga berilişini, “Toshkent agro zaxira xizmat” DUK esa uşbu obekt va undagi boşqa asosiy vositalarni qabul qilib olinişini;

Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan birgalikda öz ustav kapitalidagi davlat uluşi “Toshkent agro zaxira xizmat” DUKga beriladigan obekt va undagi boşqa asosiy vositalarning balans qiymati summasiga kamaytirilişini ta'minlaydi.