Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yoqqan kuçli yomğirlar haqida ma'lumot berdi.
«2018 yil 15 may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumani, Qaşqadaryo viloyatining Kitob va Dehqonobod tumanlarida qisqa muddatli kuçli yomğir yoğib ötdi. Qisqa muddatli kuçli yomğir yoğişi natijasida, «Samarqand-Qarşi» avtomobil yölining tagidan ötgan quvurlarga yomğir suvi bilan oqib kelgan şox-şabbalar tiqilib qolgan va yomğir suvi yölning ustki qismidan ötgan. Körsatilgan tumanlar hududidagi mahalla fuqarolar yiğiniga qaraşli qişloqlardan ötuvçi ariqlardan ham suv toşib çiqib, ba'zi xonadon va hovlilariga toşib kirgan. Yomğir va sel natijasida avtomobil yöliga yetkazilgan zararlar tezlik bilan bartaraf qilinib, avtomobillar harakati tiklangan hamda moddiy ziyon körgan fuqarolar va ekin maydonlariga, zarar yetgan fermer xöjaliklariga yordam körsatiş taşkil qilingan. Jarohatlanganlar yöq», deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq 13-14-15 may kunlari yoqqan uzluksiz yomğir (jala) oqibatida Qaşqadaryo viloyatining Kitob, Çiroqçi, Yakkaboğ va Dehqonobod tumanlarida bir neça bor sel toşqinlari kuzatilgani, Kitob tumanida seldan 200dan xonadon xonadon zarar körgani, sel oqimi aholi xonadonlarida parvarişlanayotgan 120dan ortiq çorva mollarini oqizib ketgani haqida xabar berilgandi.

















